Superligada oktyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi

Professional futbol Ligasi (PFL) Coca-Cola Superliganing oktyabr oyidagi eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e'lon qildi.

1528622

Unga ko‘ra, O'zbekistonning “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Shota Arveladze oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Gruziyalik mutaxassis qo‘l ostida jamoa o‘tgan oydagi besh o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.

Ushbu nom uchun shuningdek, “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev (3 g‘alaba, 1 durang) va “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev (3 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat) da’vogarlik qilgandi.

Tanlangan kalimalar: #Shota Arveladze , #Paxtakor , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar