Jahon kubogi musobaqalarida O‘zbekistonlik Qurbonmurod Nomozov g'olib bo'ldi

Qurbonmurod Nomozov Peruda o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon kubogining mutlaq g‘olibi bo‘ldi.

1533440
Jahon kubogi musobaqalarida O‘zbekistonlik Qurbonmurod Nomozov g'olib bo'ldi

 

Peruda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida onlayn Jahon kubogi musobaqalarining so‘nggi kunida O‘zbekistonlik sportchi Qurbonmurod Nomozov  -96 kilogramm vazn toifasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qurbonmurod Nomozov  siltab ko‘tarishda 178 kilogramm, dast ko‘tarishda 142 kilogrammni umumiy hisobda 320 kilogramm toshni ko‘tardi. U eng yaqin taʼqibchisi, Turkiyalik Emre Ozturkni 15 kilogrammga ortda qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 29 yilligi nishonlanayotgan kunda Q.Nomozov sharafiga davlat madhiyasi sadolari ostida O‘zbekiston  bayrog‘i ko‘tarildi.

Nufuzli musobaqada jahonning 61 ta davlatidan jami 399 yosh atlet g‘oliblik uchun supachaga chiqdi. Jahon kubogida O‘zbekiston sharafini 7 nafar atlet himoya qildi.

Bungacha Nigora Abdullayeva (-55 kg) hamda Husenboy Matrasulov (-55 kg) o‘z vazn toifalarida oltin, Nigora Suvonova (-71 kg) kumush, Hojiakbar Olimov esa (-81 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonmurod Nomozov , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar