UEFA konsultanti Qoraqalpog‘istonga bordi

18 Noyabr kuni Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi - UEFA konsultanti Rojer Meyxri O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining masʼul xodimlari bilan Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.

1536204

Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasiniing maʼlum qilishicha, UEFA mutaxassisi To‘rtkul, Beruniy, Xo‘jayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va Nukus shahrida bo‘lib, Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xizmat tashrifi davomida yevropalik mutaxassis Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi amalga oshirayotgan ishlarni atroflicha o‘rganib, o‘z takliflarini berdi.

Bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida murabbiylar va yosh futbolchilar uchun mahorat darsi o‘tdi.

Shu bilan birga, mahalliy murabbiylar bilan zamonaviy futbolninig rivojlanish yo‘nalishlari mavzusida muloqot qildi.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #UEFA

Aloqador xabarlar