O‘zbek kurashi "Osiyo bolalari" o‘yinlari dasturiga kiritildi

"Osiyo bolalari" xalqaro o‘yinlari boshqaruvi yig‘ilishida kurashni mazkur o‘yinlarning sport dasturiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

1577204
O‘zbek kurashi "Osiyo bolalari" o‘yinlari dasturiga kiritildi

 

O‘zbek milliy kurashi "Osiyo bolalari" o‘yinlari dasturiga rasman kiritildi.

"Osiyo bolalari" xalqaro o‘yinlari boshqaruvi yig‘ilishida kurashni mazkur o‘yinlarning sport dasturiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi",-deb maʼlum qildi Kurash xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon.

Maʼlumot uchun, "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi shafeligi ostida 1996 yildan buyon to‘rt yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. 2020 yil Mo‘g‘iliston mazkur musobaqani qabul qilishi kerak edi. Pandemiya sababli bolalar o‘yinlari boshqa muddatga qoldirilgan.  2024 yil u Rossiyaning Yakutsk shahrda bo‘lib o‘tadi.

2019 yil fevral oyida  Rossiyaning Yujno-Saxalinsk shahrida "Osiyo bolalari" birinchi xalqaro qishki sport o‘yinlari ham o‘tkazildi. Eʼtiborlisi, unda O‘zbekistonlik yosh atletlar ham ishtirok etdi.

Shuningdek, 2019 yil dekabr oyida Toshkentda "Osiyo bolalari" o‘yinlari Xalqaro qo‘mitasining Ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qitʼa bolalar o‘yinlarini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston 2028 yil bo‘lib o‘tadigan "Osiyo bolalari" o‘yinlarini qabul qilishga daʼvogar mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan.


Tanlangan kalimalar: #O'zbek kurashi , #kurash

Aloqador xabarlar