O‘zbekiston Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Argentina bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy veb-saytida xabar qilingan.

1578890

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston futzal terma jamoasi 28-yanvardan 4-fevralga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Baxodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilar yig‘in davomida Argentina vakillariga qarshi ikkita uchrashuvda maydonga tushadi. Ushbu bahslar 2-3 Fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Xabarga ko‘ra, amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Argentina futzal terma jamoasi 30-yanvar kuni Toshkentga yetib keladi.

Tanlangan kalimalar: #Argentina , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar