O‘zbekiston delegatsiyasi "Atletiko Madrid" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahriga xizmat safari davomida "Atletiko Madrid" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi.

1578893
O‘zbekiston delegatsiyasi "Atletiko Madrid" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari "Atletiko Madrid" futbol klubi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahriga xizmat safari davomida "Atletiko Madrid" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, A.Abduhakimov Ispaniya klubi vakillariga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2021 yilning "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb eʼlon qilgani, O‘zbekistonda aholini sportga keng jalb qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda futbolga strategik sport turlaridan biri sifatida eʼtibor qaratilayotgani haqida maʼlumot berdi.

"Atletiko Madrid" vakillari o‘z o‘rnida xorijda ochilgan akademiyalari faoliyati, O‘zbekiston turizm salohiyatini dunyo bo‘ylab futbol ishqibozlariga tanitishdagi marketing imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi.

Futbol klubi vitse-prezidenti Inigo Aznar ushbu hamkorlik katta natijalar olib kelishini taʼkidlab, buyuk tarixga ega yurt yoshlaridan mamlakatni dunyoga tanitadigan sportchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra,  "Atletiko Madrid" klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etish va imkoniyatlardan kelib chiqib, O‘zbekistonning turizm salohiyati targ‘ibоtida hamkorlik qilishni taklif qildi. 


Tanlangan kalimalar: #Madrid , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar