O‘zbekistonlik shaxmatchilar FIDE reytingida TOP-10dan joy oldi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) fevral oyi uchun yangi reyting jadvalini eʼlon qildi. Unda O‘zbekistonlik ikki shaxmatchi kuchli o‘ntalikdan joy oldi. Bular – Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyevdir.

1589026
O‘zbekistonlik shaxmatchilar FIDE reytingida TOP-10dan joy oldi

 

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) fevral oyi uchun yangi reyting jadvalini eʼlon qildi. Eʼtiborlisi, tashkilotning o‘smirlar reytingida ikki nafar O‘zbekistonlik shaxmatchilar kuchli o‘ntalikdan joy oldi. Bular – Nodirbek Abdusattorov (reytingda 4-o‘rinni egallab turibdi) hamda uning adashi Nodirbek Yoqubboyevdir (8-o‘rin).

Shuningdek, yana ikki nafar yosh va iqtidorli shaxmatchilar TOP-30ga kiritilgan. Dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biri Javohir Sindorov 26-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, Shamsiddin Vohidov 30-o‘rinni egallab turibdi.

O‘smirlar reytingini esa asli eronlik, ammo hozirda xalqaro musobaqalarda FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan Alirizo Feruziy boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikdan Rossiya terma jamoasi aʼzosi Andrey Yesipenko hamda Eron shaxmat maktabining yana bir vakili Muhammadamin Tabatabay o‘rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #shaxmat , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar