Dubayda O‘zbekiston para yengil atletikachilari 24 ta medalni qo‘lga kiritdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 10-14 fevral kunlari para yengil atletika bo‘yicha Gran-pri musobaqasi – XII Fazza xalqaro yengil atletika turniri bo‘lib o‘tdi.

1590737
Dubayda O‘zbekiston para yengil atletikachilari 24 ta medalni qo‘lga kiritdi

 

Dubay Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston para yengil atletikachilari 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 10-14 fevral kunlari para yengil atletika bo‘yicha Gran-pri musobaqasi – XII Fazza xalqaro yengil atletika turniri bo‘lib o‘tdi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlum qilishicha, Tokio Paralimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan ushbu musobaqada para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 13 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Eʼtiborlisi, disk uloqtirish musobaqasining F57 klassida ishtirok etgan Mohigul Hamdamova 32,49 metr natija ko‘rsatib, musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritdi va Osiyo rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Mohigul yadro uloqtirish musobaqasida kumush medal sohibiga aylandi.

Bu natija bilan Mohigul o‘z hisobiga Tokio-2021 litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘shib qo‘ydi. U ayni damda Tokio o‘yinlariga litsenziya beruvchi reyting jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.


Tanlangan kalimalar: #Dubay Gran-pri , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar