O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

Kecha, 31 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

1649711
O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

 

Kecha, 31 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Qitʼa chempionatining so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida final janglari o‘tkazildi.

10 vazn toifasidan 7 tasida o'zbek ishtirokchilar qitʼa chempionligi uchun bahs olib bordi. Ularning 6 nafari esa O'zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni taqdim qildi.

Markaziy jang +91 kg. vazn toifasida Bahodir Jalolov va qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev o‘rtasida kechdi. Jang davomida to‘liq ustunlik qilgan Bahodir Jalolov navbatdagi  g‘alabasini tantana qildi.

Shu tariqa, o'zbek bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ular chempionatni 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan yakunladi.



Aloqador xabarlar