Xiva shahri mas-restling sport turi bo‘yicha Jahon kubogi 1-bosqichiga mezbonlik qiladi

Xalqaro musobaqaning ochilish marosimi  "Ichan qalʼa"  hududida o'zbek milliy urf-odatlarini aks ettiruvchi maxsus dastur asosida tashkil etiladi.

1657552
Xiva shahri mas-restling sport turi bo‘yicha Jahon kubogi 1-bosqichiga mezbonlik qiladi

 

Joriy yil 16-21 iyun kunlari O'zbekistonning Xiva shahrida mas-restling sport turi bo‘yicha Jahon kubogi 1-bosqichi hamda Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Xalqaro musobaqalarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yukori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzildi.

Jahon kubogi bosqichi va qitʼa chempionati doirasida Xiva shahrining markaziy ko‘chalari, diqkatga sazovor joylari, mehmonxonalar va xalqaro musobaqalar o‘tkaziladigai joy atroflarini xalqaro musobaqalar haqida maʼlumot beruvchi reklama roliklari, maxsus bannerlar, afisha va plakatlari bilan bezatiladi.

Xalqaro musobaqaning ochilish marosimi  "Ichan qalʼa"  hududida o'zbek milliy urf-odatlarini aks ettiruvchi maxsus dastur asosida tashkil etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga kelayotgan  mehmonlar, sportchilar va murabbiylarning koronavirus infeksiyasiga PZR test sinovlaridan o‘tishini beg‘araz ravishda tashkil etadi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Xiva

Aloqador xabarlar