Jahon boks chempionatida turk milliy sportchi kumush medal sohibi bo’ldi

Rossiyada o’tkazilayotgan ayollar o’rtasida Jahon boks chempionatida turk milliy sportchi Buse Naz Chakirog’li rossiyalik raqibi Liliya Aetbayevaga mag'lub bo'ldi.

1287166
Jahon boks chempionatida turk milliy sportchi kumush medal sohibi bo’ldi

 

Rossiyada o’tkazilayotgan ayollar o’rtasida Jahon boks chempionatida 51 kg vazn toifasida ringga chiqqan turk milliy sportchi Buse Naz Chakirog’li kumush medal sohibi bo’ldi.

Ulan Ude shahrida tashkil etilgan nufuzli chempionatda Buse Naz Chakirog’li 51 kg vazn toifasidagi final musobaqalarida rossiyalik raqibi Liliya Aetbayeva bilan ringga chiqdi.

Raqibiga mag’lub bo’lgan turk milliy sportchi kumush medal bilan cheklandi.

Buse Naz Chakirog’li yârim final musobaqalarida avval 6 karra jahon chempioni bo’lgan hind raqibi Chungneijang Mary Kom Hmangteni mag’lub etgandi.

Bugun chempionat musobaqalarida 69 kg vazn toifasida turk milliy sportchi Nusenaz Surmeneli va 81 kg vazn toifasida Elif Guneri oltin medal uchun ringga chiqadi.

 



Aloqador xabarlar