“Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiola koronavirusga chalindi

50 yoshli mutaxassis va uning yordamchisi Xuanma Lilloning koronavirusga qarshi topshirgan testlari musbat natija bergan. Hozirda har ikki mutaxassis ham izolyatsiya qilingan.

1759014
“Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiola koronavirusga chalindi

 

6 yanvar kuni “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola koronavirusga chalindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 50 yoshli mutaxassis va uning yordamchisi Xuanma Lilloning koronavirusga qarshi topshirgan testlari musbat natija bergan. Hozirda har ikki mutaxassis ham izolyatsiya qilingan.

Gvardiola 7 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan “Suidon Taun”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda “Man Siti”da 21 nafar xodim COVID tufayli izolyatsiya qilingan: 14 xodim va 7 futbolchi.

Ma’lumot uchun, “shaharliklar” joriy mavsum APL turnir jadvalida 53 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. 2-pog‘onadagi “Chelsi” hisobida 43 ochko mavjud.


Tanlangan kalimalar: #Manchester Siti , #Pep Gvardiola

Aloqador xabarlar