Turkiya milliy kurashchisi Tuba Demir Yevropa chempioni bo‘ldi

Ruminiyada o‘tkazilgan kurash bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o'smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Turkiya milliy sportchilari 1 oltin, 1 kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

1844916

Turkiya Milliy sportchisi Tuba Demir Yevropa chempioni bo‘ldi.

Buxarestda davom etgan chempionatda 57 kg vazn toifasidagi final bahslarida vengriyalik raqibi Gerda Terekni 11-0 hisobida mag'lub etgan Tuba Demir Yevropa chempioni bo'lish bahtiga muyassar bo'ldi.

65 kg vazn toifasida ringga chiqqan milliy kurashchilardan Duygu Gen finalda polshalik raqibi Nikola Vasilevskaga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan cheklandi.

49 kg vazn toifasida bellashgan Shevval Chayir uchinchi o'rin uchun o'tkazilgan bahsda ruminiyalik raqibi Ana Mariya Gianina Rotaruni mag'lub etib bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Boshqa tomondan 53 kg vaznda Sevim Akbash 61 kg vazn toifasida Ilayda Jin va 69 kg vaznda Ayshe Erkan ham raqiblarini mag'lub etib finalga yo'llanma oldi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Tuba Demir

Aloqador xabarlar