Braziliyaning afsonaviy futbolchisi Pele Neymarni ogohlantirdi

“Oxirgi paytlarda Neymarning matchlardagi xatti-harakatlari juda kulgili. U matchlarda o’zini yerga urmoqda. Qiliqlarini haddidan oshirmoqda. Shu sababli tanqidlarga uchragan Neymarni afsuski, himoya qila olmayman”,-deydi Pele.

1101933
Braziliyaning afsonaviy futbolchisi Pele Neymarni ogohlantirdi

 

Braziliyaning afsonaviy futbolchisi Pele Neymarni ogohlantirdi.

“Oxirgi paytlarda Neymarning matchlardagi xatti-harakatlari juda kulgili. U matchlarda o’zini yerga urmoqda. Qiliqlarini haddidan oshirmoqda. Shu sababli tanqidlarga uchragan Neymarni afsuski, himoya qila olmayman”,-deydi Pele.

U “Neymar bilan gaplashdim. Unga futbol maydonida o’z qobiliyatlarini ko’rsatishi kerakligini maslahat berdim. Ajoyib qiliqlari bilan tug’ma qobiliyatiga hiyonat qilmasligini aytdim”,-dedi.

Pelening aytishicha, Neymar jamoadagi do’sti Mbappega qaraganda ancha qobiliyatli, bunga qaramay Mbappeni Yevropada Neymardan ham yaxshi ko’radilar.

“Mbappe aslida menga o’xshaydi. Oramizda o’xshashliklar borligi to’g’ri. Ikkalamiz ham 20 yoshga to’lmasdanoq jahon kubogi finalida go’l urdik va kubog sohibi bo’ldik”,-deydi Braziliyaning afsonaviy futbolchisi Pele.



Aloqador xabarlar