O'zbek bokschi jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskorlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

1274036
O'zbek bokschi jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

 

9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskorlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Turnirda 8 vazn toifasida medallar uchun kurash kechdi va yakunda O‘zbekiston boks terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medal olgan holda birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston boks terma jamoasiga umumiy hisobda ustunlik keltirgan uchinchi oltin medalni eng og‘ir vazn toifasida (+91 kg) qozog‘istonlik Qamshibek Qonqabayevni mag‘lub etgan Bahodir Jalolov qo‘lga kiritdi.

Ushbu bokschi turnir tashkilotchilari tomonidan jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi.



Aloqador xabarlar