O‘zbekistonda “Chimyon ekstrim-2020” qishki sport turlari bo‘yicha festival o‘tkazildi

Festival doirasida slalom, border-kross va ski-kross shakllarida chang‘ichilar va snoubordchilar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.

1356383
O‘zbekistonda “Chimyon ekstrim-2020” qishki sport turlari bo‘yicha festival o‘tkazildi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Chimyon-EXO – 2020” eko-sayyohlik sport festivali hamda “Chimyon ekstrim – 2020” qishki ekstremal sport turlari bo‘yicha festival o‘tkazildi.

Ushbu sport festivali yoshlar o‘rtasida qishki sport turlarini yanada ommalashtirish va sport orqali turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Festival doirasida slalom, border-kross va ski-kross shakllarida chang‘ichilar va snoubordchilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Unda turli yosh toifasida bo‘lgan yigit-qizlar raqobatlashdi. Do‘stona ruhda o‘tgan musobaqada barcha ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, festival doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

 



Aloqador xabarlar