O’zbekistonlik Neʼmat Yoqubov Minskdagi xalqaro turnirda oltin medal sohibi bo'ldi

Joriy yilning 19-21-fevral kunlari Belarus Respublikasi Minsk shahrida sambo bo‘yicha “Belarus Prezidenti sovrini” uchun “А” toifali xalqaro turnir  bo‘lib o‘tdi.

1364624

Xalqaro musobaqa erkaklar va ayollar o‘rtasida jangovor sambo yo‘nalishlari bo’yicha o‘tkazildi.

Nufuzli xalqaro turnirda ishtirok etgan sambo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari, dastlab, Belarus jamoasi vakillari bilan o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etishgan.

90 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etgan o’zbekistonlik Neʼmat Yoqubov birinchi bosqichda fransiyalik raqibini mag’lub etgan. Ikkinchi bosqichda esa ikki karra jahon chempioni mo‘g‘ilistonlik Xashbatarni mag‘lub etishga erishib, yarim finalga yo‘l olgan.

Neʼmat Yoqubov bu bosqichda amaldagi Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori turkmanistonlik Tejen Tojenovni mag‘lubiyatga uchratgan. Finalda ukrainalik raqibini ham mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, ushbu musobaqada jangovor sambo yo‘nalishida Sirojiddin Аnorqulov va Zafar Аllabergenov bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

Aloqador xabarlar