O'zbekiston sportchilari Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Jazoirda qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o'tkazildi.

1364934
O'zbekiston sportchilari Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

 

Jazoirda qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o'tkazildi.

Qizlar o'rtasida sablya yo'nalishida kechgan bahs O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqa davomida Misrni 45:32, Italiyani 45:43 hisoblarida mag'lub etishdi.

Аfsuski, hal qiluvchi bellashuvda yosh sportchilar Frantsiyalik tengqurlariga 40:45 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada kumush medalni qo'lga kiritdi.

Jahon kubogida Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Аysulu Usnatdinova va Gulbonu Yesemuratova  O‘zbekiston sharafini himoya qilishdi.


Tanlangan kalimalar: #Jazoir , #Jahon kubogi , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar