O‘zbekistonlik polvonlar Germaniyada ikkita oltin medal sohibi bo'ldi

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a"  turkumiga kiruvchi turnirda dunyoning 115 davlatidan 650 dan ziyod polvon g'oliblik uchun kuch sinashdi.

1369994

Unda ishtirok etgan O‘zbekistonlik polvonlar so‘nggi kungi bahslarda ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada  100 kg vazn toifasida qatnashgan Muhammadkarim Xurramov  dastlabki bosqichda Fransiya, Lanviya, Mo'g'uliston va Ozarbayjondan kelgan dzyudochilarni yenggan bo'lsa, yarim finalda Braziliyalik Rafael Buxakarinini, final jangida Ozarbayjonlik Elmar Gasimovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Ikkinchi oltin medalni sohibi vazni 90 kilogrammgacha bo'lgan Davlat Bobonov  finalga qadar Tojikiston, Qozog‘iston,  Gruziya va Kuba vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Final bellashuvida  Ukrainalik Kuyedjau Nabaliga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi hamda shohsupaning eng yuqori pag'onasidan joy oldi.

Turnir yakuniga ko‘ra O‘zbekistonlik dzyudochilar umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallashdi.  

Aloqador xabarlar