O‘zbekistonlik paradzyudochilar Jahon kubogida birinchi o'rinni egalladi

Paradzyudo bo'yicha Gruziyaning Tbilisi shahrida o'tgan jahon kubogida O'zbekiston terma jamoasi 2 oltin, 1 kumush va 4 bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

1370154

Jahon kubogining 66 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etgan Uchqun Quranboyev barcha raqiblarini yengib oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 100 kilogrammgacha vaznda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan Shirin Sharipov terma jamoaga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Shuningdek, musobaqada Sherzod Namozov finalga qadar o'tgan bellashuvlarda zafar quchib kumush medalni o'ziniki qildi. O'tkir Nig'matov, Feruz Saidov, Dovurxon Karomatov va Sharif Xalilov kabi polvonlar o'z vazn toifalarida bronza medali bilan taqdirlandilar.

Tanlangan kalimalar: #Paradzyudo , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar