O'zbek polvonlari Hindistonda 10 ta medalni qo‘lga kiritdi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida  O'zbek polvonlari ikkitadan oltin va kumush hamda oltita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

1374546

Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda Elmurat Tasmuradov oltin, Jasurbek Ortiqboyev va Mahmud Baxshulloyev kumush, Islomjon Bahromov, Jalgasbay Berdimuratov hamda Muhammadali Shamsiddinov bronza medali bilan taqdirlandi.

Erkin kurash bellashuvlarida Ilyas Bekbulatov 70 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Isa Shapiyev o‘z vaznida bronza medali bilan taqdirlandi. Ayollar kurashida gilamga chiqqan Dauletbike Yaxshimuratova hamda Aktenge Keunimjaeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.

Tanlangan kalimalar: #Osiyo chempionati , #sport , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar