Toshkentda O'zbek jang sana'ti bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi

Joriy yilning 17-19-aprel kunlari Toshkent shahrida O'zbek jang san'ati bo'yicha tarixda ilk bor Osiyo chempionati o'tkaziladi.

1374554
Toshkentda O'zbek jang sana'ti bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi

 

Toshkentda O'zbek jang sana'ti bo'yicha tarixda ilk bor Osiyo chempionati o'tkaziladi.

Maqsad bitta - O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, milliy sport turlarini xalqaro miqyosga ko'tarish.

Joriy yilning 17-19-aprel kunlari Toshkent shahrida O'zbek jang san'ati bo'yicha tarixda ilk bor Osiyo chempionati o'tkaziladi.

Musobaqada qit'aning 10dan ziyod mamlakatlaridan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Turnir Toshkentdagi “O'zbekiston” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Shuningdek, ushbu musobaqa doirasida yangi tashkil qilinayotgan Osiyo O'zbek jang san'ati federatsiyasining ta'sis majlisi ham bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, O'zbek jang san'ati sport turi 2009-yil 14-aprel kuni Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, buyuk sohibqiron Amir Temur askarlari aynan mana shu jang san'ati bilan shug'ullanishgan. O'zbekiston O'zbek jang san'ati federatsiyasi ushbu sport turini “YUNESKO” nomoddiy-madaniy meroslar ro'yxatiga kiritish yo'lida amaliy sa'y-harakatlar olib bormoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar