Oʻzbekiston MTJ Eron bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qoʻshma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida oʻtkazadi. Bu haqda rasmiy OʻFA maʼlum qildi.

1453611

Xabarda qayd etilishicha, MTJ uchun sentyabr oyida Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻini tashkil etiladi. Shu sababli, milliy terma jamoa aʼzolari 4-sentyabr kuni Tojikiston vakillari bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, mazkur yigʻin doirasida Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi Milliy jamoa Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 

Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 7-sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtishi belgilandi. 

Aloqador xabarlar