Chavusho‘g‘lu, Maradonaning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Maradonaning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.

1534627
Chavusho‘g‘lu, Maradonaning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Armando Maradonaning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.  

Bu haqida Twitter hisobi orqali post qoldirgan Chavusho‘g‘lu ispan tilida,

“Yaxshi bor 10 raqamli. Huzur ichida yot”. – dedi.

Chavusho‘g‘lu Maradonaning 10 raqamli futbolkasi bilan tushgan fotosuratini ham postiga ilova etgan holda,

“Bizga baxsh etgan barcha chiroyli onlar va dunyo futboliga qo‘shgan hissalaring uchun rahmat”. – degan ifodalarga ham o‘rin berdi.

Maradona kecha Buenos Aires shtatiga qarashli Tigre shahrida, yurak va o‘pka kasalligi yuzasidan vafot etdi. Oltmish yoshidagi Maradona, noyabr oyining boshida bosh miya jarohatidan amaliyot bo‘lar ekan 8 kundan keyin kasalxonadan chiqarilgandi.

Argentina hukumati Maradonaning o‘limi munosabati bilan mamlakatda 3 kun “milliy motab kuni” deb e’lon qildi.

Davlat rahbari Alberto Fernandez, Maradonaning jasadini Davlat rahbarligi binosi “Kasa Rosada”ga olib kelinishini va janoza marosimining ana shu yerda o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.

Mahalliy ommaviy axborot vositasi, xalqqa ochiq bo‘lib o‘tadigan ushbu marosimga qariyb 1 million kishining ishtirok etishi kutilgani haqida ma’lumot tarqatdi.



Aloqador xabarlar