FIDE Jahon kubogi finalida ozarbayjonlik shaxmat ustasi Rajabov g'alabaga erishdi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Jahon kubogi finalida ozarbayjonlik shaxmat ustasi Teymur Rajabov xitoylik raqibi Ding Lirenni mag'lubiyatga uchratdi.

1282301

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida bo'lib o'tgan Jahon kubogi finalida Rajabov xitoylik raqibi Ding Liren bilan to'rtta klassik o'yin natijalarini 2:2 hisobiga durang natija bilan yakunlar ekan keyingi 5 daqiqalik ikki o’yinda g’alabaga erishdi.

Rajabov, bu orqali shaxmat bo’yicha Jahon kubogini yutgan birinchi ozarbayjonlik degan nom bilan tarix sahifalaridan o'rin oldi.

Ozarbayjonlik g’olib mazkur o’yindan mukofat sifatida 110 000, Ding Liren esa 80 000 AQSh dollari olar ekan ikkala sportchi ham 2020-yilgi nomzodlar musobaqasida ishtirok etishni kafolatladi.

Aloqador xabarlar