Kenan Sofuo’g’li: “Eng katta orzularimdan biri Formula-1 uchun pilot yetishtirishdir”.

Sobiq milliy mototsiklchi Kenan Sofuo’g’li “Formula 1” ning “Red Bull” a’zosi gollandiyalik Max Verstappen bilan uchrashdi.

1094539
Kenan Sofuo’g’li: “Eng katta orzularimdan biri Formula-1 uchun pilot yetishtirishdir”.

Adolat va taraqqiyot partiyasining Sakariya deputati va sobiq milliy mototsiklchi Kenan Sofuo’g’li “Formula 1” ning “Red Bull” a’zosi gollandiyalik Max Verstappen bilan uchrashdi.

“Formula 1” da mavsumning oxirgi musobaqasi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida bo’lib o’tadigan “Grand Prix” turniridan oldin o’tkazilgan uchrashuvda Kenan Sofuo’g’li bilan Verstappen fikr almashdi.

Roppa-rosa besh marotaba dunyo Supersport chempioni bo’lgan Sofuo’g’li, “Xudo xohlasa eng qisqa vaqt ichida Formula-1 da bir turk pilotni tomosha qilamiz” dedi.

“Red Bull” jamoasini qo’llab-quvvatlash uchun Abu Dabida ekanligini belgilab o’tgan Kenan Sofuo’g’li, “Bu yerda men yo’qtirgan pilotlardan Max Verstappen bilan uchrashuv o’tkazdik. Uchrashuvimiz uzoq davom etdi. Xudo xohlasa bir kunmas bir kun bu yerlarga bir turk sportchini qo’llab-quvvatlash uchun ham kelamiz. Eng katta orzularimdan biri ham Formula-1 uchun pilot yetishtirishdir” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar