Kurash bo’yicha Yevropa chempionatida milliy sportchi Riza Kayaalp finalga chiqdi

Ruminiya poytaxti Buxarestda kurash bo’yicha erkaklar o'rtasida Yevropa chempionati o’tkazilar ekan unda milliy sportchi Riza Kayaalp finalga chiqdi.

1182642
Kurash bo’yicha Yevropa chempionatida milliy sportchi Riza Kayaalp finalga chiqdi

Kurash bo’yicha Yevropa chempionatida milliy sportchi Riza Kayaalp finalga chiqdi.

Ruminiya poytaxti Buxarestda erkaklar o'rtasida grek-rim kurashi bo’yicha 130 kilogram vazn toifasida yarim finalda g'alaba qozongan Riza Kayaalp finalda estoniyalik raqibi Heiki Nabiyni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Oxirgi Dunyo chempionatida Nabiyga yengilgan lekin Yevropa chempionatida uni mag’lubiyatga uchratgan Riza Kayaalp, finalda gruziyalik sportchi Lakobi Kajaia bilan kuch sinashadi.

Riza Kayaalp oltin medalni qo'lga kiritgudek bo’lsa unda u shu bilan to’qqizinchi marotaba Yevropa chempioni bo’ladi va “Asrning kurashchisi” degan unvon sohibi Hamza Yerlikayani ortda qoldirgan bo’ladi.

Kayaalp, g’alabaga erishgudek bo’lsa shuningdek tarix sahifalarida, “eng ko’p Yevropa chempioni bo’lgan turk kurashchi” degan nom bilan o’rin oladi.  



Aloqador xabarlar