Nejati Er, uch hatlab sakrash bahslarida tarixiy muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi

Qatar poytaxti Doxada Yengil atletika bo'yicha Jahon chempionati bo’lib o’tmoqda.

11 Kasım 2019 10:38

Qatar poytaxti Doxada uyushtirilgan Yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatining birinchi kunida milliy sportchi Nejati Er, erkaklar o’rtasida uch hatlab sakrash bahslarida finalga chiqib, tarixiy muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi.

Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) tomonidan uyushtirilgan musobaqaning birinchi kunidagi saralash bosqichida, erkaklar o’rtasida uch hatlab sakrash bahslarida Nejati Er, uchunchi va oxirgi bosqichda qo’lga kiritgan 16.87 natija bilan o’z seriyasida 6-o’rinni qo’lga kiritdi.   

Nejari Er, Turkiyaning Yengil atletika bo'yicha Jahon chempionati tarixida uch hatlab sakrash bahslarida finalga ko’tarilgan birinchi sportchi bo’ldi.

Finalda 12 sportchi kuch sinashar ekan u ertaga 29-sentabr haftaning yakshanba kuni Turkiya vaqti bilan 21.45 da bo’lib o’tadi.