Nemis OAV Nodirbek Abdusattorov g‘alabasiga e’tibor qaratdi

Nemis ommaviy axborot vositasi o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov g‘alabasiga e’tibor qaratdi.

1759507
Nemis OAV Nodirbek Abdusattorov g‘alabasiga e’tibor qaratdi

Germaniyaning «Schach-Ticker» sport nashrida o‘tgan 2021-yil 26-30 dekabr kunlari Polshada o‘tkazilgan tezkor shaxmat (rapid) bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqqan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov haqida maqola chop etildi. Bu haqida, “Dunyo” AA muxbiri xabar bermoqda.

Ushbu xabarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston rahbarining qaroriga muvofiq yosh sportchini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumot bo‘lishilgan. Prezident nomidan yosh chempionga Toshkent shahridan ikki xonali xonadon kaliti hamda 250 million so‘m mukofot taqdim qilingani haqida so‘z yuritilgan.

Nashr Nodirbek Abdusattorovning “Prezidentimizning bunday e’tiboridan mamnunman. Klassik yo‘nalishda ham chempion bo‘lish uchun bor bilim va kuch-g‘ayratimni safarbar qilaman. Bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, degan so‘zlarini keltirgan.

Rasmiy marosim va matbuot anjumanidan so‘ng “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tantanali tadbir tashkil etilgani, unda yuzlab o‘zbekistonlikning yosh iqtidorni tabriklash imkoniyatiga ega bo‘lgani haqida ham ma’lum qilingan.

 



Aloqador xabarlar