“Pardozli ayollar velosiped sayohati” bu gal Covid - 19 qoidalari asosida uyushtirildi

“Pardozli ayollar velosiped sayohati”ning sakkizinchisi, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi tufayli bu gal “yakka tartibda” uyushtirildi.

1494335
“Pardozli ayollar velosiped sayohati” bu gal Covid - 19 qoidalari asosida uyushtirildi

Izmirlik bir guruh ayol yetakchiligida boshlatilgan va butun dunyoga yoyilgan “Pardozli ayollar velosiped sayohati”ning sakkizinchisi, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi tufayli bu gal “yakka tartibda” uyushtirildi.

O‘tgan yillarda yuzlab ayol ishtirok etgan velosiped sayohatida bu yilgi ishtirokchilar soni kam edi. 

Shar va gullar bilan bezalgan velosipedlari bilan ishtirok etgan ayollar shahardagi, “Jumhuriyet maydonida” uchrashdi.

Ijtimoiy masofa va niqob qoidalariga amal qilgan ayollar velosipedlari bilan sayohat qildi.

“Pardozli ayollar velosiped sayohati” tadbiri yetakchisi Sema Gur, ilk sayohatlarini 2013 – yili, “20 – sentabr Dunyo avtomobilsiz shaharlar kuni” munosabati bilan uyushtirganliklarini eslatib o‘tgan holda,

“Bu orqali hammaning bir shaharning avtomobilsiz qanchalik chiroyli ekanini ko‘rishini xohladik.” dedi.

 



Aloqador xabarlar