Prezident Erdo‘g‘an Bokuda futbol bo‘yicha turk jonkuyarlar bilan uchrashdi

Turkiya Milliy futbol terma jamoasi, EURO 2020 - futbol bo‘yicha Yevropa chempionati A guruhi ikkinchi musobaqasida bugun Uels bilan kuch sinashadi.

1659286
Prezident Erdo‘g‘an Bokuda futbol bo‘yicha turk jonkuyarlar bilan uchrashdi
erdogan Turk taraftarlari selamlama.jpg
baku Turk taraftarlar bayrak.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an EURO 2020 - futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida bugun Turkiya - Uels o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan musobaqani tomosha qilish uchun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida turk jonkuyarlar bilan uchrashdi.

Prezident Erdo‘g‘an turgan mehmonxona oldida to‘plangan Turk fuqarolari, “Turkiya” deb hayqirar ekan ayni vaqtda Turk bayroqlari ochdilar.

Prezident Erdo‘g‘an avvalom bor mehmonxona balkonidan yurttoshlarini salomladi.

Musobaqa uchun mehmonxonadan chiqar ekan jonkuyarlar oldiga borgan Erdo‘g‘an, ular bilan suhbat qilib, esdalik uchun suratga tushdi.

Eslatib o‘tamiz Turkiya Milliy futbol terma jamoasi, EURO 2020 - futbol bo‘yicha Yevropa chempionati A guruhi ikkinchi musobaqasida bugun Uels bilan kuch sinashadi.

Bokudagi Olimpiada stadionida Turkiya vaqti bilan soat 19:00 da boshlaydigan Turkiya - Uels musobaqasini portugaliyalik hakam Artur Dias boshqaradi. Musobaqa Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining “TRT 1” telekanali orqali jonli olaroq namoyish etiladi.  



Aloqador xabarlar