Qirg’iziston Prezidenti Jeenbekov, Jahon chempioni Aysulu Tinibekovani tabrikladi

Aysulu Tinibekova mustaqil Qirg’iziston tarixida, ayollar o’rtasida o’tkazilgan kurash musobaqasining birinchi jahon chempioni bo’ldi.

1273787
Qirg’iziston Prezidenti Jeenbekov, Jahon chempioni Aysulu Tinibekovani tabrikladi

Qirg’iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qozog’iston poytaxti Nur-Sultonda kurash bo’yicha uyushtirilgan Jahon chempionatida oltin medalni qo’lga kiritgan Aysulu Tinibekovani tabrikladi

Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Jeenbekov, kecha 20-sentabr kuni Qozog’istonda “Jahon chempioni” degan nomni qo’lga kiritgan Tinibekova va murabbiyi Nurbek Izabekovga qong’iroq qilib tabriklagan.

Prezident unda Aysulu Tinibekovaning mustaqil Qirg’iziston tarixida, ayollar o’rtasida o’tkazilgan kurash musobaqasining birinchi jahon chempioni ekanligini ta’kidlagan.  

G’alabasining butun Qirg’izistonga g’urur baxsh etganligini ham eslatib o’tgan Jeenbekov, sportchining Talasdagi Birinchi Milliy ko'chmanchi o'yinlarining yakunlanishi arafasida qo’lga kiritgan g’alabasi orqali mamlakatda kotta sovg’a taqdim etganligini ham o’z so’ziga ilova etgan.

Prezident Sooronbay Jeenbekovning tabrigi uchun minnatdorchilik bildirgan Tinibekova, g’alabasini yurtiga va barcha Qirg’iziston xalqiga bag’ishlaganligini ta’kidlagan.

 

Manbaa: www.kabar.kg



Aloqador xabarlar