Qirg‘izistonda “an’anaviy sport maydoni” ochildi

Qirg‘izistonda birinchi “an’anaviy sport maydoni” ochildi.

1844604
Qirg‘izistonda “an’anaviy sport maydoni” ochildi
dunyanın ilk universite geleneksel sporlar meydanı manas kirgizistan.jpg
dunyanın ilk universite geleneksel sporlar meydanı manas kirgiz.jpg
bilal erdogan kirgizistan.png
Bilal Erdoğan  Kırgızistan Cumhurbaşkanı Sadır Caparov.jpg

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida birinchi “an’anaviy sport maydoni” ochildi

Ochilishda kurash musobaqalari, ot ustida kurash, ot ustida harakat davomida kamondan o‘q uzish, burgut bilan ovchilik kabi musobaqalar o‘tkazilib, mukofotlar topshirildi.

Qirg‘iziston-Turkiya Manas universitetida tashkil etilgan maydonni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilal Erdo‘g‘an ochib berdi.

Ching‘iz Aytmatov kampusidagi ochilishda so‘zga chiqqan Bilal Erdo‘g‘an, tadbirning, Qirg‘iziston tomonidan Turk Davlatlari Tashkilotining kun tartibiga olib chiqilishidan mamnunligini bildirdi.

Bilal Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tomonidan ham qabul qilindi.

Qabul chog‘ida bu yilning sentabr oyida Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari qo‘lga olindi.

Japarov Qirg‘izistonning, tadbirni uyushtirishga yordam berish va faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Ilk uchtasi Qirg‘iziston shimolidagi Issiq-ko‘l atrofida o‘tkazilgan Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining navbatdagisi, bu yilning 29-sentabridan 2-oktabrigacha Bursaning Iznik shahrida bo‘lib o‘tadi.

 



Aloqador xabarlar