Tog’da yugirish bo’yicha o’tkazilgan jahon chempionatida Turkiya uchta medalni qo’lga kiritdi

Tog’da yugirish bo’yicha Argentinada o’tkazilgan jahon chempionatida Turkiya uchta medalni qo’lga kiritdi.

1307631
Tog’da yugirish bo’yicha o’tkazilgan jahon chempionatida Turkiya uchta medalni qo’lga kiritdi

Tog’da yugirish bo’yicha Argentinada o’tkazilgan jahon chempionatida Turkiya uchta medalni qo’lga kiritdi.

Villa La Angostera mintaqasida Tog’da yugirish bo’yicha o’tkazilgan o’ttiz beshinchi jahon chempionatida U20 kategoriyasida ikkita jamoa bilan kuch sinashgan Turkiya terma jamoasi uchta kumush medalga ega bo’ldi.

Mazkur kategoriyada erkaklar o’rtasida uyushtirilgan 7.6 kilometrlik masofaning muhim qismida liderlik uchun kurashgan Sebih Bahar, britaniyalik Joseph Dougdale ortidan ikkinchi o’rinni oldi.

Sebih, 23:50 lik daraja bilan jahon miqyosida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Turk sportchilaridan Sinan Aksoy o’n birinchi, Samet Demir o’n oltinchi, Mahsum Deger esa o’ttiz to’rtinchi o’rinni olar ekan jamoalar ro’yhatida Britaniya birinchi, Turkiya ikkinchi, Italiya esa uchinchi qatorga kiritildi.

Ayollar o’rtasidagi U20 kategoriyasida esa Ruken Tek, 7.6 kilometrlik masofada 39:04 lik daraja bilan beshinchi qatorda o’rin oldi.

Milliy terma jamoa sportchilaridan Dilek O’zturk o’ninchi, Ezgi Kaya o’n birinchi, Semanur Kanat esa musobaqani yigirma oltinchi qatorda tamomladi.

Jamoa ro’yhatida 26 ochko to’plagan Turkiya, ayollar o’rtasida ham Italiyadan keyin ikkinchilik kubogini olishga muyassar bo’ldi.

 



Aloqador xabarlar