UEFA, Turkiya Milliy futbol terma jamoasini jazolamoqchi

UEFA, Germaniya bilan Fransiyaning murojaatiga binoan Turkiya Milliy futbol terma jamoasini jazolamoqchi.

10 Kasım 2019 01:09

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi UEFA, Germaniya bilan Fransiyaning murojaatiga binoan Turkiya Milliy futbol terma jamoasining gol quvonchi tufayli tergov-surushtiruv ishlari boshlatdi.

Qaror haqida Turkiya Milliy federatsiyasiga ma’lumot berilganligi va masalaga aniqlik kiritilishining talab qilinganligi ifoda etildi.

Aytib o’tish joizki Turkiya Milliy futbol terma jamoasi Fransiya bilan bo’lgan musobaqaning 81-daqiqasida Kaan Ayhan tomonidan urilgan gol ortidan, “Tinchlik bulog’i” amaliyotida xizmat qilgan askarlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida turk jonkuyarlar tomoniga borib ularga harbiylarcha salom bergandi.