Velosiped turining niderlandiyalik g’olibi Jakobsen, shohsuppaga Turk bayrog’i bilan chiqdi

Chanoqqal’a va Edremit o’rtasidagi 122.6 kilometrlik parkurda uyushtirilgan ikkinchi bosqichda 22 yoshidagi Jakobsen, 2 soat 50 daqiqayu 12 soniyalik darajasi bilan birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

1186650
Velosiped turining niderlandiyalik g’olibi Jakobsen, shohsuppaga Turk bayrog’i bilan chiqdi
New folder (7)_df5229bd-bb8e-4972-a4c0-a56426b9fba8.jpg

Prezidentning qo’llab-quvvatlashi bilan uyushtirilgan navbatdagi Turkiya velosiped turining uchinchi bosqichida g’olib bo’lgan Deceuninck Quick-Step jamoasining niderlandiyalik sportchisi Fabio Jakobsen, musobaqa ortidan shohsuppaga Turk bayrog’i bilan chiqdi.

Chanoqqal’a va Edremit o’rtasidagi 122.6 kilometrlik parkurda uyushtirilgan ikkinchi bosqichda 22 yoshidagi Jakobsen, 2 soat 50 daqiqayu 12 soniyalik darajasi bilan birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Oxirgi uchinchi bosqichda qattiq shamolga qarshi kuch sinashilar ekan unda Jakobsenning ortidan Bora- Hansgrohe jamoasidan irlandiyalik velosipedchi Sam Bennett ikkinchi, Dimension Data jamoasidan britaniyalik sportchi Mark Cavendish esa uchinchi o’rinni oldi.

Jakobsen, bosqich ortidan uyushtirilgan mukofatlarni topshirish marosimida shohsuppaga qo’lida Turk bayrog’i bilan chiqdi.

Uning bu hatti-harakati musobaqani kuzatib borgan yurttoshlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi.

Marosimdan keyin uyushtirilgan matbuot anjumanida 22 yoshidagi velosipedchi, “Oxirgi bosqichda baryerlarga yaqin nuqtada velosipedimga Turk bayrog’i ilinib qoldi. Judayam hayajonli edim. Bayroqni yerga tushirib, katta hatoga yo’l qo’ydim. Hurmatsizlik qilgim kelmadi. Shuning uchun kechirim so’rayman. Turkiya ajoyib, chiroyli mamlakatdir. Turkiyani judayam yaxshi ko’raman” dedi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar