Turkiya Gvineya Bisau xalqiga gumanitar yordam yubordi

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida guruch, shakar, yog' va tuz kabi oziq-ovqat mahsulotlari o'rin olgan.

2119874
Turkiya Gvineya Bisau xalqiga gumanitar yordam yubordi

 

Turkiya Din ishlari jamg'armasi (TDV) Ramazon oyi munosabati bilan Gvineya Bisauda 1000 nafar muhtoj oilaga gumanitar yordam yubordi.

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida guruch, shakar, yog' va tuz kabi oziq-ovqat mahsulotlari o'rin olgan.
Mahsulotlar jamg'armaning mamlakatdagi vakolatxonasi tomonidan Bisau, Farim va Oio viloyatlaridagi muhtoj oilalarga tarqatilgan.

Gvineya Bisau hukumati Turkiya va turk xalqiga minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Gvineya Bisau , #Turkiya

Aloqador xabarlar