Yilmaz Tunch Belgiyada turklarga nisbatan sodir etilgan hujumni qoraladi

Yilmaz Tunch Turkiya davlati sifatida har doim Turk fuqarolarining yonida ekanligini va hujumchilarga qarshi boshlangan tergovni yaqindan kuzatib borishlarini bildirdi.

2120751
Yilmaz Tunch Belgiyada turklarga nisbatan sodir etilgan hujumni qoraladi

 

Turkiya Adliya vaziri Yilmaz Tunch Belgiyada bo'lginchi terror tashkiloti PKK tarafdorlari tomonidan Turk fuqarolariga nisbatan sodir etilgan hujumlarni qoraladi.

"Xiyonatchi terror tashkiloti PKK tarafdorlari tomonidan Belgiyadagi fuqarolarimizga va vatandoshlarimizga tegishli maskanlarga uyushtirilgan hujumlarni qattiq qoralayman. Hujumlarda yaralangan fuqarolarimizning tezroq tuzalib ketishini tilayman",- deydi Yilmaz Tunch.

Yilmaz Tunch Turkiya davlati sifatida har doim Turk fuqarolarining yonida ekanligini va hujumchilarga qarshi boshlangan tergovni yaqindan kuzatib borishlarini bildirdi.

"Shuni unutmaslik kerakki, terrorizm insoniyatga qarshi jinoyatdir va terrorizm dini, tili, irqi va mazhabiga ega emas. Xoin terrorchilik xurujlari qayerda sodir boʻlishidan qatʼi nazar, ijtimoiy tinchlik, jamoat tartibi va inson qadr-qimmatiga katta tahdiddir. Barcha davlatlar barcha terror tashkilotlari, ularning tarafdorlari va hamkorlariga qarshi aniq pozitsiyaga ega bo'lishi zarur. Ular o'z pozitsiyasini ilgari surishi va umumiy munosabat bildirishi kerak",-deb qo'shimcha qiladi Adolat vaziri.

Eslatma: Kecha Belgiyaning Limburg shahri yaqinida bo'lginchi terror tashkiloti tarafdorlari namoyish o'tkazdi. PKK tarafdorlari hududda yashovchi turk fuqarolari bilan mushtlashib, ko'plab odamlarga tan jarohati yetkazdi.


Tanlangan kalimalar: #Yilmaz Tunch , #Turkiya

Aloqador xabarlar