Erdo‘g‘an Jo Bayden bilan muzokara o'tkazishi mumkin

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 9 may kuni AQSHga tashrif buyurib, u yerda mamlakat prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkin.

2120287

Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Hurriyet” gazetasi xabar berdi.

Nashr bu haqda Erdo‘g‘anning tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich va AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan o‘rtasidagi muloqot natijalariga asoslanib xabar bermoqda.

Ularning suhbatida Turkiya rahbarining AQSHga tashrifi masalasi, jumladan, bunday safarning taxminiy sanasi ham muhokama qilingan.

Gazetaning yozishicha, rejadan tashqari kechikishlar bo‘lmagani va Amerika ma’muriyatining dasturida saylov oldi tarangligini hisobga olgan holda Erdo‘g‘anning Vashingtonga tashrifi may oyining ikkinchi haftasida amalga oshishi mumkin. 

“Shu munosabat bilan Erdo‘g‘an va Bayden o‘rtasidagi 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga e’tibor qaratilishi mumkin”, deb yozadi gazeta.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Jo Bayden , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar