Turkiyaning “Turkovac” vaksinasini insonlarga emlash boshlandi

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja koronavirusga qarshi mahalliy inaktiv “Turkovac” vaksinasining uchinchi bosqich sinovlarida ishtirok etish uchun ko’ngilli sifatida 846 mingdan ortiq kishi murojaat qilganligini ma’lum qildi.

1663210

Fahriddin Ko’ja bu haqda twitterda ma’lum qildi.

“Turkovac vaksinasining uchinchi bosqich sinovlarida ko’ngillilarga birinchi doza emlandi. Aslida 40 ming 800 nafar ko’ngilli kishiga ehtiyoj bor edi, lekin E-Nabiz platformasi orqali tez orada 846 ming 451 kishi murojaat qildi. Vaksinamizning natijasiga ishonchimiz komil. Yaqinda o’z vaksinamizni ishlab chiqargan va butun dunyoda qo’llanilgan sanoqli davlatlardan biriga aylanamiz”,-dedi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri twitterdagi sahifasida.

Kayseri Erjiyes universiteti va Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot instituti (TÜSEB) tomonidan hamkorlikda ishlab chiqarilgan “Turkovac” vaksinasining uchinchi bosqich sinovlari doirasida kecha, 22 iyun kuni Anqara shahar shifoxonasida insonlarga emlash boshlangandi.

Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Turkiya , #koronavirus , #Turkovac

Aloqador xabarlar