Turkiya Prezidenti Erdo'g’an bugun Albaniyaga safar qiladi

Tashrif doirasida strategik sheriklik darajasidagi Turkiya-Albaniya munosabatlari har tomonlama ko'rib chiqiladi va hamkorlikni chuqurlashtirish uchun tashlanadigan qadamlar muhokama qilinadi.

1763445
Turkiya Prezidenti Erdo'g’an bugun Albaniyaga safar qiladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Albaniya Bosh vaziri Edi Ramaning taklifiga binoan bugun, 17-yanvar kuni Albaniyaga safar qiladi.

Tashrif doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuv va muzokaralarda strategik sheriklik darajasidagi Turkiya-Albaniya munosabatlari har tomonlama ko'rib chiqiladi va hamkorlikni chuqurlashtirish uchun tashlanadigan qadamlar muhokama qilinadi.

Uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlardan tashqari mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Tashrif munosabati bilan 2019-yilda Albaniyada yuz bergan zilzila fojiasida uyidan ajralgan oilalar uchun Turkiya tomonidan Lach shahrida barpo etilgan uylarni o'z egalariga topshirish marosimi ham o’tkaziladi.

Prezident Erdo'g’an Tiranada Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan restavratsiya qilingan Ethem Bey masjidining ochilish marosimini o’tkazadi va Albaniya parlamentida nutq so’zlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Albaniya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar