Rossiya:"Ayasofiya maqomini o‘zgartirish Turkiyaning ichki masalasi..."

Rossiya TIV rahbari o’rinbosari Sergey Vershinin: “Bu Turkiyaning ichki masalasi. Tabiiy ravishda, na biz bunga aralasha olamiz, na boshqa biron davlat aralasha oladi”,-dedi.

1454172
Rossiya:"Ayasofiya maqomini o‘zgartirish Turkiyaning ichki masalasi..."

 

Rossiya TIV rahbari o’rinbosari Sergey Vershinin Ayasofiyaning muzeydan jome’-masjidiga aylantirilishi “Turkiyaning ichki masalasi” ekanligini, bunga boshqa davlatlarning aralashishiga haqqi yo’qligini ta’kidladi.

Sergey Vershinin bu haqda jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ayasofiyaning maqomi o’zgartirilishi butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo’lganligini ta’kidlagan Sergey Vershinin: “Bu Turkiyaning ichki masalasi. Tabiiy ravishda, na biz bunga aralasha olamiz, na boshqa biron davlat aralasha oladi”,-dedi.

Sergey Vershininning fikricha, Ayasofiya global madaniyat va tarix jihatidan muhim ahamiyatga ega.

Ta'kidlash joizki, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 10 iyulda Ayasofiya maqomining o‘zgartirilishi haqidagi farmonni imzoladi.

Ushbu farmon asosida Ayasofiya Turkiya diniy ishlar boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Natijada Ayasofiya jome’-masjidi sifatida ibodatga ochiladi.

Ayasofiya 1934 yilda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning qaroriga binoan, muzey maqomini olgandi. 1985 yildan u YuNeSKOning “Jahon merosi” ro‘yxatiga kiritilgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Istanbul , #muzey , #Ayasofiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar