Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti xorijdagi vatandoshlarga murojaat qildi

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti (YTB) xorij mamlakatlarda yashayotgan Turkiya fuqarolarini koronavirusga qarshi olingan chora tadbirlarga qat'iyan amal qilishga chaqirdi.

1388474
Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti xorijdagi vatandoshlarga murojaat qildi

 

 

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti (YTB) xorij mamlakatlarda yashayotgan Turkiya fuqarolarini koronavirusga qarshi olinayotgan chora tadbirlarga qat'iyan amal qilishga chaqirdi.

Tashkilotdan olingan ma'lumotga ko'ra, xorijda yashovchi vatandoshlar uchun "Kovid-19" pandemiyasiga qarshi ogohlantiruv o’rin olgan video Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkilotiga oid ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

“Uydan chiqma! Tirik qol!” nomli videoda xorijda yashayotgan fuqarolar o’z chora-tadbirlarni o’zi olgan holda, Kovid-19 virusidan himoyalanishiga diqqat qaratildi.

Vatandoshlarni yashab kelayotgan davlatlardagi rasmiy ogohlantiruvlarga qat’iyan rioya qilishi, zarur bo’lmagan holatlarda tashqariga chiqmaslik, gavjum joylarga bormaslik, ayniqsa katta yoshdagi fuqarolar uydan chiqmasligi talab qilindi.

Shuningdek, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi, insonlar bilan oraga masofa qo’yishi, iloji boricha shifoxonalarga bormasligi va faqatgina hukumat tomonidan olingan chora-tadbirlarga bo’y sunishlari hayotiy ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar