Turkiya Italiya va Ispaniyaga gumanitar yordam yubordi

Gumanitar yordam mahsulotlari tarkibida infektsiyadan himoyalovchi bir martalik steril tibbiy niqoblar, himoyalovchi kombinezonlar, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va boshqa ko'plab tibbiy preparatlar o'rin olgan.

1389117
Turkiya Italiya va Ispaniyaga gumanitar yordam yubordi
Turkiye ispanya italya yardim1.jpg
Turkiye ispanya italya yardim.jpg

 

 

Turkiya yangi turdagi (Kovid-19) koronavirus o’chog’iga aylangan Italiya va Ispaniyaga yordam qo’lini uzatmoqda.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Turkiya milliy mudofaa vazirligi qoshidagi harbiy fabrikalarda butunlay mahalliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarilgan infektsiyadan himoyalovchi bir martalik steril tibbiy niqoblar, himoyalovchi kombinezonlar, yuz uchun filtrlovchi niqoblar, maxsus tibbiy formalar, antiseptik mahsulotlar va boshqa minglab tibbiy mahsulotlar Italiya va Ispaniyaga gumanitar yordam qatorida yuborilmoqda”,-deyiladi bayonotda.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu gumanitar yordamlar Anqaradagi Etimesgut harbiy aeroportida harbiy yuk samolyotiga ortildi.

Tibbiy mahsulotlarga to’la qutilar ustiga italyan va ispan tillarida Mavlononing “Chorasizlik ortida ko’plab umidlar bor. Qorong’ulik ortida ko’plab yorug’lik bor” va “Turkiyadan Ispaniya xalqiga hurmat bilan…”degan ifodalar yozilgan.

Gumanitar tibbiy yordamlar ortilgan samolyot Anqaradan Ispaniyaga parvoz qildi, u yerdan esa Italiyaga parvoz qiladi.

 

 



Aloqador xabarlar