"Panja" harbiy amaliyotida xizmat qilgan turk askar halok bo'ldi

Turkiya milliy mudofaa vazirligi halok bo'lgan askarning yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor qildi.

1499015
"Panja" harbiy amaliyotida xizmat qilgan turk askar halok bo'ldi

 

Iroq shimolida Turkiya qurolli kuchlari safida xizmat qilgan turk askar halok bo'ldi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko'ra, Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolida "Panja" harbiy amaliyoti olib borilayotgan mintaqada terroristlarga tegishli o'q-dori omborining portlashi oqibatida turk askar halok bo'lgan.

Turkiya milliy mudofaa vazirligi halok bo'lgan askarning yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar