Erdo’g’an Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan muloqot qildi

Erdo’g’an va Jonson ikki davlat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 20 mlrd dollarga chiqarish va mamlakatlar o’rtasida katta salohiyatga ega bo’lgan mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib oldi.

1499147
Erdo’g’an Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida Turkiya-Birlashgan Qirollik munosabatlari, sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va Armaniston-Ozarbayjon chegarasida ro’y berayotgan jangovar harakatlar va buning oqibatlari hamda ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy o’zgarishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Erdo’g’an va Jonson ikki davlat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 20 mlrd dollarga chiqarish va mamlakatlar o’rtasida katta salohiyatga ega bo’lgan mudofaa sohasi bo’yicha hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib oldi.

Prezident Erdo’g’an suhbat chog’ida Birlashgan Qirollikning sharqiy O’rta yer dengizidagi  mojarolarga nisbatan o’rinli va betaraf munosabatda bo’lishi, mavzu bo’yicha muzokara va hamkorlik yo’lga qo’yishga qaratilgan tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashi o’zaro manfaatli hamkorlikka xizmat qilishini ma’lum qildi.

Armaniston-Ozarbayjon chegarasida ro’y berayotgan jangovar harakatlarga to’xtalgan Erdo’g’an mintaqada tinchlik va farovonlik o’rnatish uchun Armaniston Tog’li Qorabog’ va uning atrofida ishg’ol qilgan strategik hududlarni darhol tark etishi kerakligini ta’kidladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar