Erdo’g’an Yevroittifoq yetakchilariga maktub yo’lladi

Maktubda Turkiyaning sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarga munosabati va masalani hal qilish bo’yicha bir qator takliflarga o’rin berildi.

1500023
Erdo’g’an Yevroittifoq yetakchilariga maktub yo’lladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yevroittifoq yetakchilariga va a’zo davlatlarning rahbarlariga maktub yo’lladi.

Maktubda Turkiyaning sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolarga munosabati va masalani hal qilish bo’yicha bir qator takliflarga o’rin berildi.

“Sharqiy O’rta yer dengizi bo’yicha siyosatimizning ikki muhim jihati bor. Birinchisi, sharqiy O’rta yer dengizida dengiz shelfini xalqaro huquqqa mos ravishda, adolatli va haqqoniy belgilash hamda kontinental shelfimizdagi haq va manfaatimizning himoya qilinishidir. Ikkinchisi, Kiprdagi turklarning Kipr orolining teng huquqli a’zosi sifatida, oroldagi gidrokarbon manbalari bo’yicha haqlarini kafolat ostiga olinishidir. Gretsiya bilan shartsiz muzokaralarga tayyor ekanligimizni yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Bu doirada taranglikka chek qo’yish uchun NATO bosh kotibining dengiz va havo chegaralarini taqsimlash to’g’risidagi tashabbusini ham qo’llab-quvvatlashimizni bildirmoqchiman”,-deyiladi maktubda.

Prezident Erdo’g’an Gretsiya va Janubiy Kipr Rum boshqaruvidan tashqari barcha Yevroittifoq davlatlariga yuborgan maktubida sharqiy O’rta yer dengizi bo’yicha mojarolarga haqqoniy yechim topish barchaning manfaatli hamkorligiga xizmat qilishini ta’kidladi.

“Shuning uchun hamkorlik va muzokaralar qo’llab-quvvatlanishi zarur. Mavjud taranglikni yana-da keskinlashtiradigan tashabbuslardan uzoq turish zarur. Bizning samimiy istagimiz 18 mart memorandumini kunning dolzarb sharoitini diqqatga olgan holda, qayta yangilashdir va Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarini har tomonlama bosqichma-bosqich rivojlantirishdir. Bu jihatdan, noqonuniy migratsiya, terrorizmga qarshi kurash, energetika, savdo, investitsiya kabi bir qator sohalar bo’yicha munosabatlarimizni mushtarak manfaatlarimiz uchun katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonamiz va bu maqsadimizga erishish yo’lida yordamingizni kutib qolamiz”,-deyiladi maktubda.



Aloqador xabarlar