Chavusho’g’li:“Ozarbayjon Armaniston ishg'oliga chek qo’ymoqchi bo’lsa, biz yordamga tayyormiz"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon-Armaniston chegarasida ro’y berayotgan jangovar harakatlar haqida Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

1500106
Chavusho’g’li:“Ozarbayjon Armaniston ishg'oliga chek qo’ymoqchi bo’lsa, biz yordamga tayyormiz"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon-Armaniston chegarasida ro’y berayotgan jangovar harakatlar haqida Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

“Ozarbayjon Armaniston ishg’oliga jang maydonida chek qo’ymoqchi bo’lsa, biz Ozarbayjon bilan birgamiz”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Mavlud Chavusho’g’li Armaniston Ozarbayjonga hujum qilish bilan xalqaro huquqni oyoq osti qilganligini va bunga qarshi javob qaytarish zarurligini ma’lum qildi.

Turkiyaning bu harakatga munosabati haqida gapirgan Mavlud Chavusho’g’li: “Ozarbayjon Armaniston ishg’olini jang maydonida hal qilishni xohlasa, biz Ozarbayjon bilan birgamiz”,-dedi.

“Dunyoning qayerida ishg’olchi davlat bilan tuproqlari ishg’ol qilingan jabrlanuvchi davlat ayni muomalani ko’ryabdi?”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li.

Ma’lumki, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’andan boshlab barcha turk rasmiylar jangovar harakatlar boshlangandan beri Ozarbayjon tomonini qo’llab-quvvatlab keladi. Ular Ozarbayjonga harbiy vositalar jihatidan yordam berishga tayyorligini ma’lum qilishmoqda.

Sharqiy O’rta yer dengizida ro’y berayotgan hodisalarga to’xtalgan Mavlud Chavusho’g’li Turkiya Sharqiy O’rta yer dengizi bo’yicha mojarolarni hal qilish uchun mintaqaviy konferensiya tashkil etishni taklif qilganligini ma’lum qildi.

U AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Kipr Rum boshqaruviga tashrifi haqida shunday dedi:

“AQSh barchaga teng bo’lishi kerak. Cheklangan bo’lsa ham embargoni bekor qilishi to’g’ri emas. Tenglikni buzmoqda”.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar