Fahriddin Altun Amerika siyosatini tanqid qildi

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun AQShdagi prezident saylovolti kampaniyalariga Turkiya mavzu qilib olinganini qoraladi.

1500225

Fahriddin Altun ijtimoiy media tarmoqlari orqali Amerikalik siyosatchilarni mantiqli bo'lishga chaqirdi.

Saylovoldi kampaniyalarida Turkiya-AQSh munosabatlaridan foydalanish bezovtalik yaratganligini tilga olgan Fahriddin Altun: "Ayniqsa, NATO ittifoqdoshi bo'lgan davlatlar bunday masalalarda qarama-qarshi bo'lishdan uzoq turishi kerak. Turkiyaga nisbatan bunday munosabatlar Ozarbayjonlik qardoshlarimizga madadkor bo'lishimizga to'sqinlik qila olmaydi. Turkiyaning pozitsiyasi xalqaro huquqqa mos bo'lishiga qaramay, amerikalik ba'zi siyosatchilar mintaqadagi taranglikni davlatidagi saylov uchun Arman tarafdorlaridan yordam olish maqsadida qo'llanmoqda",-dedi.

Fahriddin Altun Turkiya mintaqada tinchlik va farovonlik tarafdori ekanligini bildirib, "Ozarbayjonni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz",-dedi.

Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya , #Fahriddin Altun

Aloqador xabarlar