Erdo’g’an Quvaytning yangi amiri Al-Sabah bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shayx Navaf Al-Ahmad Al-Jobir Al-Sabahni Quvaytning yangi amiri etib tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

1500513
Erdo’g’an Quvaytning yangi amiri Al-Sabah bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Quvaytning yangi amiri Shayx Navaf Al-Ahmad Al-Jobir Al-Sabah bilan telefon orqali muloqot qildi.

Erdo’g’an suhbat chog’ida avvalo 29 sentyabr kuni Quvayt amiri Shayx Sabah Al-Ahmad Al-Sabahning vafoti munosabati bilan marhumning oila-a’zolari va Quvayt xalqiga hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, Al-Sabahni Quvaytning yangi amiri etib tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

Erdo’g’an suhbat davomida Turkiya bilan Quvayt o’rtasidagi ko’xna tarixiy va madaniy aloqalardan to’yingan bugungi munosabatlarni yana-da rivojlantirish istagini tilga oldi.

Qolaversa, ikki davlat o’rtasidagi yaqin hamkorlik mintaqada tinchlik va farovonlik o’rnatishga katta hissa qo’shishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar